✏️ QALAM

Qalam yasovchi hozirgina yo‘ngan qalamni qo‘liga olib dedi:

— Mana, endi dunyoga kelding, xizmatga tayyorsan.

Lekin seni ishga jo‘natishdan oldin aytadigan besh maslahatim bor.

Agar ularga amal qilsang, dunyodagi eng yaxshi qalam bo‘lasan:

1️⃣ Qudratingni ko‘rsatish uchun kimningdir qo‘lida bo‘lishing kerak.

2️⃣ Vaqti-vaqti bilan yo‘nilib, uchlanib turish azobiga duch kelasang ham, bil: bu azob sening sifatingni saqlash uchun zarur.

3️⃣ Qilgan xatolaringni tuzatish imkoniyating har doim bor.

4️⃣ Eng muhim boyliging tashqarin emas, ichingdagi narsangdir.

5️⃣ Sharoit qanchalik og‘ir bo‘lmasin, yozishda davom et.

O‘zingdan aniq va ravshan iz qoldir.

✨ Hayot ham qalamga o‘xshaydi: kimning qo‘lida bo‘lishing va qanday iz qoldirishing — o‘zingga bog‘liq.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх