Kutubxona haqida
Yakkasaroy tumani Axborot-kutubxona markazi 2019-yil 6-sentabr kuni 757946-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Markaz o‘z faoliyatini 2019-yil 18-dekabrdan Toshkent “Mehr-Shafqat” kasb-hunar kollejining sport zalida boshlagan.
2020-yil 6-yanvardan Yakkasaroy tumani to‘qimachilik va yengil sanoat kasb-hunar kolleji faoliyati tugatilishi munosabati bilan mazkur kollej kutubxonasiga tegishli adabiyotlar Axborot-kutubxona markazi fondiga qabul qilingan.
Hozirgi kunda Yakkasaroy tumani Axborot-kutubxona markazi Barkamol avlod bolalar maktabining chap tomonida joylashgan 3 qavatli binoning birinchi qavatida faoliyat yuritadi. Kutubxona 100 kvadrat metr maydonda, 3 ta xonadan iborat, to‘liq kapital ta’mirdan chiqarilgan zamonaviy binoda joylashgan.
Fond ko‘rsatkichlari
Axborot-kutubxona markazining umumiy fondi 58 140 nusxadagi bosma adabiyotlardan iborat. Kutubxona 11 nomdagi gazeta va jurnallarga obuna tashkil etgan.
Bugungi kunda markaz 1 914 nafar doimiy kitobxonga axborot va kutubxona xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
Aholi o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish, ayniqsa yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Axborot-kutubxona markazi tomonidan muntazam ravishda kitobxonlik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritilib boriladi.
Hamkorlik aloqalari
Yakkasaroy tumanida joylashgan 21 ta mahallada kutubxonalar tashkil etilgan bo‘lib, ular bilan tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Axborot-kutubxona markazi:
- 15 ta umumta’lim maktabi
- 3 ta akademik litsey
- 1 ta kasb-hunar kolleji
- 8 ta oliy ta’lim muassasasi
- 21 ta mahalla
bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib boradi hamda ularga metodik yordamlar ko‘rsatib keladi.
Tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan yangi kelib tushgan adabiyotlar ko‘rgazmalari tashkil etilib, aholi e’tiboriga havola etilmoqda. Shuningdek, turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkazilib, keng jamoatchilikka yetkazib borilmoqda.