Fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati
Fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazining asosiy tarkibiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, kutubxona fondini shakllantirish, boyitish, saqlash va rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Mazkur xizmat kutubxona foydalanuvchilarining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida zamonaviy, dolzarb va ishonchli axborot resurslari bilan fondni doimiy ravishda to‘ldirib boradi.
Xizmatning asosiy vazifalari
- bosma va elektron adabiyotlarni tanlash, xarid qilish va qabul qilish;
- davlat buyurtmalari, homiylik va hadya asosida kelib tushgan adabiyotlarni fondga kiritish;
- milliy va xorijiy nashrlar hisobiga kutubxona fondini boyitish;
- yangi kelib tushgan hujjatlarni ro‘yxatga olish va inventarizatsiya qilish;
- eskirgan, yaroqsiz yoki mazmunan dolzarbligini yo‘qotgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish;
- fond hujjatlarining saqlanishini ta’minlash.
Fondlarga ishlov berish va hisobga olish
Kutubxona fondiga kelib tushgan barcha hujjatlar belgilangan tartibda ilmiy-texnik ishlovdan o‘tkaziladi:
- inventar raqamlari beriladi;
- klassifikatsiya indekslari (UOK, KBK) belgilanadi;
- elektron katalog uchun ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi;
- kitoblar muhrlanadi va belgilanadi.
Kutubxona fondi tarkibi
Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi fondida quyidagi axborot resurslari mavjud:
- badiiy adabiyotlar;
- ilmiy va o‘quv adabiyotlar;
- ma’lumotnoma va ensiklopediyalar;
- davriy nashrlar (gazeta va jurnallar);
- elektron va raqamli axborot resurslari.
Xizmatning ahamiyati
Fondlarni to‘ldirish xizmati:
- foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini tez va sifatli qondirishga;
- ta’lim, ilm-fan va ma’naviyatni rivojlantirishga;
- kutubxona fondining doimiy yangilanib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi (TAKM) fondida jami 15 017 nomda 22 003 nusxa kitob mavjud.
Shundan:
Adabiyot turlari bo‘yicha:
- Badiiy adabiyotlar: 6 637 nomda, 9 644 nusxada
- Bolalar adabiyoti: 158 nomda, 207 nusxada
- Qolgan kitoblar turli sohalarga oid adabiyotlardan iborat
Alifbo bo‘yicha:
- Lotin alifbosida: 3 288 nomda, 6 536 nusxada
- Kirill alifbosida: 3 889 nomda, 5 802 nusxada
Til bo‘yicha:
- Rus tilida: 7 826 nomda, 9 096 nusxada
- Ingliz tilida: 16 nomda, 620 nusxada
- Boshqa tillarda: 12 nomda, 24 nusxada