— Inson qachon o‘zini chinakam boy his qiladi?
U shunday javob beribdi:
— Uyiga qaytganda uni sog‘inib kutayotgan insonlari bo‘lsa.
Aslida insonning eng katta boyligi ham shu — oila. Chunki hayotning eng og‘ir kunlarida ham dalda beradigan, quvonchingni o‘z quvonchidek his qiladigan maskan bu — oiladir. Oila insonni nafaqat tarbiyalaydi, balki unga kuch, ishonch va mehr beradi. Ba’zan birgina “charchadingmi?” degan savol ham inson qalbiga taskin bo‘la oladi.
❤️ 15-may — Xalqaro oila kuni bizga yana bir haqiqatni eslatadi: oila e’tibor bilan yashaydi. Mehr berilgan uyda fayz bo‘ladi, hurmat bor joyda esa baraka bo‘ladi. Oila — bu oddiygina birga yashash emas, bir-birini tushunish, qo‘llab-quvvatlash va har qanday vaziyatda yonma-yon turishdir.
💐 Xalqaro oila kuni muborak bo‘lsin!
Har bir xonadonda tinchlik, mehr va baxt bardavom bo‘lsin!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
