✍️ To‘lan Nizom 1938-yil 17-avgustda Andijon viloyati Bo‘z tumani Beshkal qishlog‘ida tavallud topgan. Uning ilk she’riy mashqlari 12 yoshidan boshlab gazetalarda chop etila boshlagan.
📖 Shoirning “Sening ertaklaring”, “Iftixor”, “Quyosh yo‘li”, “Cho‘lpon”, “Bobur”, “Alisher Navoiy”, “Vatan haqida qo‘shiq”, “Oq gul”, “Tabibnoma” kabi ko‘plab she’riy va dostonlaridan iborat asarlari o‘zbek adabiyoti xazinasidan munosib o‘rin olgan.
🌿 Ijodida Vatan, milliy qadriyatlar, tarixiy siymolar, insoniy fazilatlar va ona yurtga muhabbat mavzularini tarannum etgan shoir qisqa davr ichida o‘ttizga yaqin doston yaratgan.
🏅 To‘lan Nizom 1998-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoniga, 2003-yilda “Mehnat shuhrati”, 2008-yilda “El-yurt hurmati” ordenlariga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, xalqaro Bobur va Cho‘lpon mukofotlari sohibidir.
📚 Shoirning ijodi — milliy adabiyotimizning bebaho xazinasi, uning so‘zlari esa avlodlar qalbida yashaydi.
