Millatimiz uyg‘onish davrining eng yorqin namoyandalaridan biri, jadidchilik harakatining yirik vakili Abdurauf Fitrat merosiga bag‘ishlanadi.
📖 Abdurauf Fitrat XX asr boshlaridagi o‘zbek jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, xalqni ilm-ma’rifatga, taraqqiyotga va milliy o‘zlikni anglashga chorlagan. Uning ijodida jaholat va qoloqlikka qarshi kurash, yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish hamda erkin va mustaqil fikrlaydigan avlodni tarbiyalash g‘oyalari muhim o‘rin tutadi.
📚 Fitrat asarlarini mutolaa qilish — ilm olish, mustaqil fikrlash, milliy qadriyatlarni anglash, Vatan ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish uchun muhim ma’naviy manbadir.
✍️ Abdurauf Fitrat — “Yurt qayg‘usi”
(she’rlar, drama, qissa)
📗 “Jadid adabiyoti durdonalari”
📘 “Hind sayyohining qissasi”
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter