🇺🇿 O‘ZBEK ALIFBOSINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID QONUN IMZOLANDI!

📚 Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi.

🔤 Alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartirilmoqda:

▪️ O‘ → Ö
▪️ G‘ → Ğ
▪️ Sh → Ş
▪️ Ch → Ç

📌 Muhim ma’lumot: amaldagi hujjatlarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi. Eski alifboda rasmiylashtirilgan hujjatlar o‘z kuchini saqlab qoladi. Darsliklar, peshlavhalar va boshqa materiallar belgilangan tartibda bosqichma-bosqich yangilanadi.

⏳ Qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
✨ Yozuvimizni takomillashtirish — ona tilimiz ravnaqi, savodxonlik va raqamli taraqqiyot sari muhim qadam!

📖 Ona tilimizni asraylik, qadrlaylik va rivojlantiraylik!

#O‘zbekTili #YangiAlifbo #OnaTilim #YakkasaroyTAKM

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх