Butunjahon atrof-muhit kuni 1972-yil 15-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan taʼsis etilgan boʻlib, bugungi kunda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida keng nishonlanadi.
Ushbu sana xalqaro ekologik tadbirlar orasida oʻzining mazmuni va ahamiyati bilan alohida oʻrin tutadi. Uning asosiy maqsadi insoniyat eʼtiborini tabiatni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga qaratishdan iborat.
1972-yilda tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (YUNEP) rahbarligida har yili 5-iyun sanasida Butunjahon atrof-muhit kuni keng miqyosda oʻtkazilib, ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
♻️ Tabiatni asrash — kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burchimizdir! 🌱
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
