🌨 Abdulla Oripov – YANVAR

file 32

Yana dalalarning shovqini tindi,

Yana raqqosadek tindi momiq qor.

Yanvar oqshomlari, ayvonda endi

Xayol surmaklikni etding ixtiyor.

Bu — oyna ko‘l emas, qish — bu, zamharir

Ko‘ngil tublarida sirli xayollar.

Borliq ham misoli o‘ychan musavvir

Naqsh etmish derazang uzra savollar.

Zangori bahorni yotar tush ko‘rib,

Qaydadir — ummonlar tubida quyosh.

Momo qish oq jujun to‘qir o‘ltirib,

Kelinchak zaminga yagona sirdosh.

Oppoq ro‘moliga o‘rab kurtagin

Uxlaydi qish bo‘yi bu zangor chiroy.

Faqat, orom ol, deb so‘ylab ertagin

Kezadi dalalar tepasida oy…

✍️ 1978

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Telegram|Facebook|InstagramYouTube|Twitter

Прокрутить вверх