🌸 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin! 🌸

Hurmatli va aziz ayollar!
Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan Sizlarni bahorning eng go‘zal ayyomi — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ayol – mehr-muhabbat, go‘zallik va hayot davomiyligining timsolidir.

Sizlarning sabr-toqatingiz, oqilaligingiz, mehringiz va fidokorona mehnatingiz jamiyatimiz taraqqiyoti va oilalarimiz baxtining mustahkam poydevoridir.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik hamda ish va hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Doimo hurmat va ehtiromda bo‘lib, hayotimizga quvonch va fayz ulashib yurishingizni tilab qolamiz.

🌷 Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi 🌸

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх