📅 Joriy yilning 27-fevral kuni “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi, Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi hamda Yunus Rajabiy MFY hamkorligida
🌸 “Zulfiya — vafo va sadoqat kuychisi” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandasi — Zulfiya hayoti va sermazmun ijodi haqida batafsil so‘z yuritildi. Shoiraning vafo, sadoqat, mehr va matonatni tarannum etgan she’rlari o‘qilib, ishtirokchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.
📖 Shuningdek, Zulfiya ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda shoira qalamiga mansub asarlar va u haqidagi adabiyotlar namoyish etildi.
🌷 Tadbir samimiy va ma’naviy ruhda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)









