Ilmiy asarlarning eng yangisini, badiiy asarlarning esa eng qadimiysini o‘qigan ma’qul. Klassik adabiyot sira eskirmaydi.
✍️ E. Bulvar-Litton
📚 Ilm — doimo yangilanib boradi. Kechagi kashfiyot bugun o‘rnini yangisiga bo‘shatadi.
Ammo haqiqiy badiiy asar — zamonlardan ustun turadi. U inson qalbini, tuyg‘ularini va hayot haqiqatini aks ettirgani uchun hech qachon qadrsizlanmaydi.
✨ Klassik adabiyot — bu tajriba, donolik va ruhiy boylik maktabidir.
Bugun bir necha sahifa bo‘lsa ham, qalbingizni boyitadigan kitob mutolaa qiling.
#KunHikmati #Mutolaa #KlassikAdabiyot
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
