🌿 Oydin Hojiyeva

O‘zbekiston xalq shoiri

✨ “Issiq o‘lkalarga…”

Issiq o‘lkalarga uchib ketgandek,
Yoshlik turnalari qaytmaydi garchand,
Davom etayotgan shirin tushlardek,
Shoir umri mangu yoshlikka payvand.

Oftobga yukingan oq sochli tog‘lar –
Etagida gulxan yoqilgay bahor,
Gulxan zarralari – ol qizg‘aldoqlar
Yoshlik sepi kabi yashnaydi takror.

Gar tunab qolmaysan biror bekatda,
Yoshlikning qanoti tolmas karvoni,
Shoshilma, bu tansiq ezgu fursatda,
Shoirning dilida hayot tug‘yoni.

Nargiz bu guzarda chalma zango‘la,
Ilhom qushchalarin cho‘chitma zinhor,
Sen boq, bu yurakda ishq – qo‘shiq to‘la,
O‘rik gullariga cho‘lg‘angan bahor!

🌸 Yoshlik — qaytmas, ammo uning nafasi qalbda abadiy yashaydi…

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх