📖 13 avgust — taniqli shoir, dramaturg va mohir tarjimon Usmon Azim tavallud topgan kun.
1950-yil 13-avgustda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi G‘aza qishlog‘ida tug‘ilgan Usmon Azim o‘zining betakror she’riyati bilan o‘zbek adabiyotida munosib o‘rin egallagan.
✍️ Shoirning “Insonni tushunish”, “Holat”, “Oqibat”, “Ko‘zgu”, “Baxshiyona”, “Kuz”, “Fonus”, “Yurak” kabi asarlari kitobxonlar qalbidan joy olgan.
🎭 Uning “Kunduzsiz kechalar”, “Alpomishning qaytishi” kabi dramalari sahnalashtirilgan. Shoir kino san’atida ham samarali ijod qilib, “Alpomish” filmi uchun maxsus mukofotga sazovor bo‘lgan.
🏆 Usmon Azim “Ofarin” mukofoti, V. Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofoti hamda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
🌟 Usmon Azim she’riyati — hayot, inson qalbi va tuyg‘ularining betakror ifodasidir.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
