Borliq kiyib olgan moviy bir libos,
Yel esar – bahorning pildirroqlari.
Qalbingda uyg‘otar ajib ehtiros,
Aprel osmonining qaldirroqlari.
Yomg‘ir taraladi ko‘m-ko‘k adirda,
Uzoq qirda esa yaltirar quyosh.
Bunday nafislik yo‘q hech bir atirda,
Ruhingni yayratar havo, togu tosh.
Qofiya yig‘ishar she’rga – nazmga
Jajji jilgalarning shildirroqlari.
Atrofni chaqirar yashil bazmga
Aprel osmonining qaldirroqlari.
✍️ Abdulla Oripov
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
