🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida ekskursiya

📚 “Tafakkur o‘chog‘i” klubi a’zolari ishtirokida kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar kutubxonaning turli bo‘limlari, zamonaviy axborot-resurslari hamda kitob fondi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar, elektron xizmatlar va o‘quv zallari haqida batafsil ma’lumot berildi.
✨ Tadbir yoshlar ongida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni bilim olishga undash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

📖 Kitob — tafakkur manbai!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Telegram|Facebook|InstagramYouTube|Twitter

Прокрутить вверх