📅 1-may — O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tavallud topgan kun

Iqbol Mirzo (Mirzaaliyev Iqboljon) 1967-yil 1-mayda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani Qo‘shtegirmon qishlog‘ida tug‘ilgan.

🎓 Farg‘ona pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan (1991).
🖋 Faoliyati davomida “O‘zbekiston tabiati”, “Vatan” gazetalarida, shuningdek O‘zteleradio kompaniyasida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.

📖 Shoirning ilk she’riy to‘plami — “Yurakning shakli” (1993).
Keyingi yillarda “Ko‘ngil”, “Seni sog‘inaman”, “Meni eslaysanmi”, “Tanlangan she’rlar”, “Qo‘shiqlarim” kabi asarlari nashr etilgan.

✨ Uning she’rlari samimiylik, milliy ruh va chuqur falsafa bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ko‘plab ijod namunalari taniqli xonandalar tomonidan kuylangan.

🏅 1999-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
🎖 2005-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх