📅 10-SENTABR — RAHMAT FAYZIY TAVALLUD TOPGAN KUN

🖋 Taniqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Rahmat Fayziy 1918-yil 10-sentabrda Toshkent shahrining Beshyog‘och dahasida tavallud topgan.
Adib o‘zining serqirra ijodi bilan o‘zbek adabiyoti va milliy kino san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shgan. “To‘y to‘yonasi”, “Cho‘lga bahor keldi”, “Shohi darparda”, “Hazrati Inson” kabi asarlarida insoniylik, mehnat, vatanparvarlik va ezgulik g‘oyalari yuksak badiiy ifodalangan.
🎬 Uning “Sen yetim emassan” va “Yor-yor” kinossenariylari asosida yaratilgan filmlar o‘zbek milliy kinosi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
📖 Rahmat Fayziyning boy ijodiy merosi bugungi avlodni ezgulik, insonparvarlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adibning yorqin xotirasi va bebaho ijodiy merosi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх