📅 14-aprel — tatar shoiri Abdulla To‘qay tavallud topgan kun

🖋 Abdulla To‘qay (asl ismi: To‘qaev Gabdulla Muhammadgarifovich) — taniqli tatar shoiri va publisist.

U 1886-yil 14-aprelda Qozon gubernyasi Archa tumani Qushlovich qishlog‘ida tug‘ilgan.

📚 Abdulla To‘qay tatar adabiyotida:
— tanqidiy realizmga asos soldi
— bolalar adabiyotini rivojlantirdi
— zamonaviy tatar adabiy tilining yaratuvchilaridan biri bo‘ldi

✨ Shoir ijodining asosiy yo‘nalishlari:
— eskilik sarqitlari va mutaassiblikka qarshi kurash
— ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish
📖 Uning asarlari 1913-yildayoq o‘zbek tiliga tarjima qilinib, darsliklarga kiritilgan. Jumladan:
— “Tug‘on til” (Avloniy, “Turkiy guliston”, Toshkent, 1913)
🏆 Tataristonda Abdulla To‘qay nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilgan (1966).
🏙 Toshkent shahrida ham shoir nomi bilan atalgan ko‘cha mavjud.
🕊 Abdulla To‘qay 1913-yil 2-aprelda Qozon shahrida vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх