📍 Abdulla Qahhor uy-muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

59-son buyruq asosida iyun–avgust oylarida o’tkazilayotgan Payshanba – Yoshlar kuni tadbirlari doirasida yoshlar o’rtasida ichki turizmni rivojlantirish, milliy adabiy merosimizni keng targ’ib etish maqsadida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida yoshlar uchun tumandagi Abdulla Qahhor uy-muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar atoqli adib Abdulla Qahhorning hayoti va ijodiy faoliyati, uy-muzeydagi tarixiy eksponatlar hamda adabiy merosiga oid qimmatli ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning tarixiy xotirasi, milliy qadriyatlarga hurmati va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
#YoshlarKuni #59Buyruq #IchkiTurizm #AbdullaQahhor #UyMuzeyi #YakkasaroyTAKM #MaNaviyat #Kitobxonlik

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling: 🌐📱

Telegram|Facebook|InstagramYouTube|Twitter

file 722
Прокрутить вверх