🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi 📚 “Tafakkur o‘chog‘i” klubi a’zolari ishtirokida jadid ma’rifatparvari Abdurauf Fitratning “Oila yoki oilani boshqarish tartiblari” asari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Tadbir 2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.
💬 Suhbat davomida Abdurauf Fitratning ma’rifiy qarashlari, oila va tarbiya masalalariga oid fikrlari hamda asarning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr almashildi.
📖 Bunday ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlodga milliy tariximiz, jadidlar merosi va qatag‘on qurbonlarining ibratli hayot yo‘lini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt/Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)



