«Kitobga juda ham muqaddas narsa, deb qaramayman.
Kitob — bu ish quroli.
Kitobga tegmang, uni buklamang, unga chizmang, deganlarga qarshiman.
Kitobga chizish va uni o‘qib ketayotgan vaqtda taassurotlarni yozib borish kerak.
Chunki asarning hammasi birdaniga insonning aqli va tafakkuriga ko‘chib o‘tmaydi.
Mutolaa jarayonida ikki-uchta fikr tafakkuringizga mixlanib qoladi.
Ana o‘sha joylarni qayd qilib, tagiga chizib, belgi qo‘yish kerakki,
keyingi safar kitobni varaqlaganingizda, muhim fikrlarni qiynalmay topish mumkin bo‘lsin.
Uni boshidan oxirigacha qaytadan o‘qib o‘tirishga hojat qolmaydi».
✍️ Qozoqboy Yo‘ldashev
📚 Kitob bilan ishlang.
✏️ Belgilang.
🧠 O‘ylang.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter