
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
✨ 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan
Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida 📖 “Mustahkam oila – baxtli jamiyat” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada oila instituti mustahkamligi, oilaviy qadriyatlar, tarbiya, ma’naviyat va jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga bag‘ishlangan badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘rin oldi.
👨👩👧👦 Ushbu tashabbus kitobxonlarda oilaga hurmat, mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: