📖 Soʻz boyligini oshirishni istaysizmi?

✨ “Oʻzbek tilining sinonimlar katta izohli lugʻati” — ona tilimizning boy imkoniyatlarini kashf etishga xizmat qiluvchi noyob manba!
🖋 Ushbu kitobda minglab soʻzlarning sinonimlari, ularning maʼno nozikliklari va qoʻllanish xususiyatlari jamlangan. U nutqni ravon, taʼsirchan va mazmunan boy ifodalashga yordam beradi.
📚 Talabalar, oʻqituvchilar, jurnalistlar, yozuvchilar hamda ona tilimizga qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun qimmatli qoʻllanma.

🌿 Soʻz qudratini his eting, fikrlaringizni yanada goʻzal va taʼsirchan ifodalashni oʻrganing!

📍 Sizni Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markaziga taklif etamiz. Keling, ushbu bebaho lugʻat bilan tanishing va mutolaa olamidan bahramand boʻling!

📚 Kitob — tafakkur boyligi, soʻz esa maʼnaviyat ko‘zgusidir.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх