📙 Maktab kutubxonasini takomillashtirish sari yana bir qadam

🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan16-mart kuni tumandagi 160-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatildi.

✍🏻Mazkur tashrif davomida maktab kutubxonasida kitob fondini tartibga solish, bibliografik hujjatlarni yuritish, o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, kutubxona faoliyatini zamonaviy talablarga mos tashkil etish, yangi adabiyotlar bilan ishlash hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali o‘tkazish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

📖Bunday hamkorliklar maktab kutubxonalari faoliyatini yanada rivojlantirish va yoshlar orasida mutolaa madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх