📚 1 daqiqada kitob o‘qish mumkinmi?

Tez o‘qish bo‘yicha rekordlar ko‘pchilikni hayratga soladi. Ayrim manbalarga ko‘ra, tez o‘qish musobaqalarida g‘olib bo‘lgan Anne Jones 1 daqiqada 4200 ta so‘z o‘qigan. Eng qizig‘i, uning matnni tushunish darajasi 67% bo‘lgan.

📖 Ma’lumki, oddiy inson o‘rtacha 1 daqiqada 200–300 ta so‘z o‘qiydi.
Maxsus mashqlar va tez o‘qish texnikalari yordamida bu ko‘rsatkichni bir necha barobar oshirish mumkin.

🚀 Kuchli speed reading ustalari esa minutiga 1000–1500 ta so‘z o‘qishga erishishlari mumkin.

‼️ Xulosa:
Tez o‘qish muhim, ammo undan ham muhimi — tushunib o‘qish.
Son emas, mazmun qadrlidir.

💬 Siz 1 daqiqada nechta so‘z o‘qiy olasiz?

Izohlarda yozib qoldiring.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх