
🖋 Bugun o‘zbek she’riyatining iste’dodli vakili Zulfiya Mo‘minova tavallud topgan kun.
🌿 Shoira Samarqand viloyati Narpay tumanida tavallud topgan. O‘zbek adabiyotiga 80-yillarda kirib kelgan ijodkor o‘zining samimiy, teran mazmunli she’rlari bilan kitobxonlar qalbidan munosib o‘rin egallagan.
📖 Uning «Vatan tashlab ketmaydi», «Beshiklarni asragin», «Yonayotgan ayol», «Azizim, baxtiyorman» kabi she’riy to‘plamlari kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan. 2000-yilda esa «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.
💚 Zulfiya Mo‘minova ijodida Vatanga muhabbat, onalik mehri, tabiat go‘zalligi va insoniy fazilatlar yuksak badiiy mahorat bilan tarannum etiladi.
📚 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi barcha kitobxonlarni shoira ijodi bilan yaqindan tanishishga chorlaydi.
#ZulfiyaMoʻminova #TavalludKuni #YakkasaroyAKM #Kitobxonlik
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: