📚 18-SENTABR — XALQARO ELEKTRON KITOB O‘QISH KUNI

🌐 Har yili 18-sentabr kuni butun dunyoda Xalqaro elektron kitob o‘qish kuni nishonlanadi. Ushbu sana barcha yoshdagi kitobxonlarni elektron kitob mutolaasiga jalb etish, raqamli o‘qish madaniyatini rivojlantirish va kitobxonlikni yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.
💻📱 Bugungi kunda elektron kitoblar smartfon, planshet va kompyuterlar orqali istalgan joyda mutolaa qilish imkonini beradi. Ularning qulayligi, ixchamligi, shrift o‘lchamini moslashtirish va kerakli ma’lumotni tezkor izlash imkoniyatlari kitobxonlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

📖 Ushbu kun munosabati bilan sevimli elektron kitobingizni tanlang va mutolaaga vaqt ajrating!

✨ Kitob — bilim manbai, raqamli mutolaa esa zamonaviy imkoniyat!

#XalqaroElektronKitobOqishKuni #ElektronKitob #Kitobxonlik #Mutolaa #YakkasaroyTAKM

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх