🔹 Jahonning ko‘plab mamlakatlarida 2-aprel sanasi Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida keng nishonlanadi.
🔹 Ushbu sana 1967-yilda Xalqaro bolalar kitoblari kengashi tomonidan rasman belgilangan.
🔹 Aynan shu kuni mashhur bolalar yozuvchisi — Xans Kristian Andersen (1805–1875) tavallud topgan.
✨ Kitoblar olami — bu insoniyatning ma’naviy va ma’rifiy boyligini o‘zida mujassam etgan bebaho xazina. U nafaqat bilim beradi, balki qalbimizdagi ezgulik, orzu-umid va go‘zal fazilatlarni uyg‘otadi.
📖 Har bir sahifa — izlanishga, o‘rganishga va yangilik yaratishga chorlovchi nurli yo‘ldir.
🏛 Ayniqsa, bolalar ongini shakllantirishda kutubxonalar va bolalar kitoblarining o‘rni beqiyos. Ularning faoliyati jamiyatimiz kelajagi uchun muhim poydevor hisoblanadi.
🌟 Keling, bugun bolalarimizni kitobga yaqinlashtiraylik!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
