
✍🏻Mashhur rus yozuvchisi Anton Chexov betob bo‘lgan paytida kanakunjut yog‘i zarur bo‘lib, dorixonaga odam yuboradi.
Dorigar esa o‘zini go‘llikka solib, ikkita katta g‘ilofdagi kanakunjut yog‘ini berib yuboradi.
📖Yozuvchi bahaybat dorilarni ko‘rib, qog‘ozga qisqa va lo‘nda yozuv bitadi:
✍️ “Men ot emasman.”
♻️Shu yozuv bilan dorini darhol egasiga qaytaradi.
🔰Quv dorigar esa mashhur adibning dastxatini qo‘lga kiritganidan mamnun bo‘lib, keyin dorilarni boshqasiga almashtirib beribdi.
📖 Adabiyot tarixidan kulgili va antiqa lavha.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: