📚 «BADIIY ADABIYOTLAR»

🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida kitobsevarlar uchun "Badiiy adabiyotlar" deb nomlangan maxsus kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rinishidan boy va rang-barang bo‘lgan ushbu ko‘rinishdagi tokchadan o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari o‘rin olgan:
🔹 Abdulla Avloniy — "Turkiy Guliston yoxud axloq", "Afg‘on sayohati"
🔹 Ismoilbek Gaspirali — "Mulla Abbos o‘g‘li" 🔹 Sadriddin Ayniy — "Eski maktab"
🔹 Chingiz Aytmatov — "Bolaligim", "Alvido, Gulsari"
🔹 G‘afur G‘ulom — "Yodgor"
🔹 Abdurauf Fitrat — "Hind sayohining qissasi"
🔹 Shuningdek, Umar Xayyom, Sa’diy Sheroziy, Pirimqul Qodirov asarlari, sharq va yapon hikoyalari hamda boshqa ko‘plab qiziqarli kitoblar.

Aziz kitobxonlar! Ma'naviy olamingizni boyitish uchun Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyuring va sevimli asarlaringizni mutolaa qiling!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх