🇺🇿 Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida tavallud topgan. Oddiy dehqon oilasida ulg‘aygan shoir o‘zining samimiy, xalqona va yurakdan chiqqan she’rlari bilan millionlab kitobxonlar qalbidan joy oldi.
✨ Muhammad Yusuf — O‘zbekiston tarixidagi eng yosh “Xalq shoiri” (1998) unvoniga sazovor bo‘lgan ijodkorlardan biridir. Shuningdek, u 1996-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
📖 Uning mashhur asarlari:
«Tanish teraklar», «Bulbulga bir gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Ishq kemasi», «Erka kiyik», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» va boshqalar.
🌿 Muhammad Yusuf nomi va ijodi xalqimiz qalbida mangu yashaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
