🇺🇿 Qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish, ularning xotirasini abadiylashtirish hamda yosh avlodga tarixiy haqiqatni yetkazish maqsadida Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tashabbusi bilan 160-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Haqiqat yo‘lida qurbon bo‘lganlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
🕊 Tadbir davomida qatag‘on yillarida nohaq ta’qib va zulmga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti, faoliyati va ma’naviy merosi haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar bilan tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va ajdodlarimiz merosini asrab-avaylashning ahamiyati haqida fikr almashildi.
📖 Tadbir yakunida o‘quvchilarni qatag‘on qurbonlari hayoti va ijodiga oid adabiyotlarni mutolaa qilishga chorlandi.
🌿 Tarixiy xotira — milliy o‘zlik va kelajak uchun muhim saboqdir!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)


