📚 “Jadidchilik merosi – kelajak avlod uchun ibrat”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-401-son qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 17-mart kuni Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 319-maktab o‘quvchi qizlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida jadid bobolarimizning ma’rifatparvarlik faoliyati, ularning ilm-fan, tarbiya va jamiyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

🌸 O‘quvchi qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda kelajakda bilimli, faol va ma’naviy yetuk bo‘lishga undovchi tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх