
Kitob — tafakkur, nutq va dunyoqarashni tarbiyalaydigan eng ishonchli manba. Quyidagi fikrlar bunga yana bir bor dalildir:
1️⃣ Muallifi puxta yozgan kitoblarni muntazam o‘qigan inson, vaqt o‘tib, chiroyli va ravon gapirishni ham odat qiladi.
2️⃣ Insonning ma’naviy saviyasi o‘qilgan kitoblar soni bilan emas, o‘zlashtirilgan bilim va anglash darajasi bilan o‘lchanadi.
3️⃣ Kitob o‘qishni odat qilgan shaxslar fikrlash doirasi tor bo‘lgan, faqat televizor bilan cheklanadigan kishilarni boshqara oladi.
4️⃣ Kitob kinodan afzal. Chunki kitobda tasavvur chegaralanmaydi, film esa tayyor kadrlar bilan fikrni toraytiradi.
5️⃣ Qancha ko‘p kitob o‘qisangiz, shuncha mustaqil fikrlaysiz va boshqalarga kamroq taqlid qilasiz.
📖 Kitob o‘qing — fikrlang, o‘sib boring!
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting: