Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 91-sonli umumta'lim maktabi huzuridagi "Yulduzlar" nomli oromgohda "Kitob — ma’rifat va tafakkur manbai" mavzusida davra suhbati hamda ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar bilan kitobxonlik madaniyati, mutolaaning inson tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, ko‘chma kutubxona orqali bolalar va yoshlar uchun turli badiiy va ma’rifiy adabiyotlar taqdim etilib, kitoblarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar berildi.
📖 Kitobga mehr va mutolaa madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan bunday tadbirlar yosh avlodning bilimli, intellektual salohiyatli va keng dunyoqarashli bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.
(Без текста)




