📚 Kitob o‘qitishning innovatsion usuli

🇯🇵 Yaponiyada kitob ixlosmandlari uchun juda qiziqarli g‘oya paydo bo‘ldi. Maxsus choy paketlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning yorliqlarida turli kitoblardan qisqa parchalar joylashtirilgan.

☕ Siz choy damlayotgan paytda ushbu parchani o‘qib chiqasiz. Agar matn sizni qiziqtirib qo‘ysa, yorliqdagi QR kodni skanerlab, asarning to‘liq matnini o‘qishingiz mumkin.

📖 Bu usul kitobxonlarni yangi asarlar bilan tanishtirish va o‘qishga qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.

✨ Kitob va choy — bilim sari yo‘lning yoqimli hamrohi!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх