📚 Kitob o‘qiyotganingizni hikoyalaringizda (Story) ulashing!

Kitobdan o‘qigan bir sahifa, sizga yoqqan bir iqtibos yoki chuqur taassurot qoldirgan bir fikrni hikoyangizga joylashtiring. Bu oddiy ulashuv emas — u boshqalarga ham kitob o‘qishga ilhom berishi mumkin.
Har bir ulashilgan hikoya kimningdir kitobga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi, tafakkurini boyitadi va mutolaa sari ilk qadam bo‘lishi mumkin.
📖 Unutmang: ba'zan bitta iqtibos ham insonning dunyoqarashini o‘zgartirishga xizmat qiladi.
💬 Siz ohirgi o‘qigan kitobingizdan qaysi iqtibosni hikoyangizga joylagan bo‘lardingiz? Izohlarda biz bilan ulashing!

📍 Yakkasaroy tumani axborot-kutubxona markazi — mutolaa orqali bilim va tafakkur sari!

Прокрутить вверх