📚 Kitob – uyg‘otuvchi oynadir

☑️ O‘zining kim ekanligini anglab yetmaydigan, bugunning huzur-halovati bilan yashab, ertasi haqida qayg‘urmaydiganlar haqida:

“Qalblari bor, lekin anglamaydilar; ko‘zlari bor – ko‘rmaydilar; quloqlari bor – eshitmaydilar” deyiladi.

Bunday insonlar g‘aflat uyqusida yashayotgan insonlar sifatida ta’riflanadi.
Bugun ko‘p odamlar yashayapti, ammo o‘ylamayapti.
Ko‘ryapti, ammo anglamayapti.
Eshitayapti, ammo tushunmayapti.

📖 Kitob o‘qish – shunchaki vaqt o‘tkazish emas.

Kitob insonni o‘ziga qaytaradi: kimligini, nima uchun yashayotganini va qayerga ketayotganini eslatadi.

Kitob o‘qimagan inson bugunning huzur-halovatiga aldanib, ertaning javobgarligidan qochadi.

Kitob o‘qigan inson esa bugunni emas, kelajakni tanlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх