Joriy yilning 13–17-aprel kunlari respublikamiz bo‘ylab VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkaziladi.
✨ Ushbu haftalik doirasida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlar uchun turli mavzularda qiziqarli va mazmunli tadbirlar tashkil etiladi.
📌 Dastur bilan tanishing:
📖 13-aprel
🔹 “Kitob – ma’naviyat manbai” mavzusida davra suhbati
📖 14-aprel
🔹 “Jadidlar merosi – kelajak avlod uchun ibrat”
(davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi)
📖 15-aprel
🔹 “Bir kun – bir asar”
(“Tafakkur o‘chog‘i” klubi a’zolari bilan davra suhbati)
📖 16-aprel
🔹 “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” davra suhbati
📖 17-aprel
🔹 “Inson huquqlari – oliy qadriyat”
(davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi)
📚 Barchangizni “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlariga chorlab qolamiz!
Keling, birgalikda kitob mutolaasi orqali ma’naviyatimizni boyitaylik!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
