📚 KITOBXONLIK HAFTALIGI DAVOM ETMOQDA

Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tumandagi 91-sonli umumta’lim maktabida qiziqarli davra suhbati tashkil etildi.

⚖️ Mavzu: "Inson huquqlari – oliy qadriyat"

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga inson huquqlari va erkinliklarining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan burch va huquqlarimiz haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirning asosiy maqsadlari:

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish;

Kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish orqali ma’naviy dunyoqarashini boyitish;
Inson qadri va huquqlariga hurmat ruhida tarbiyalash.
💬 Muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda mavzuga oid yangi adabiyotlar bilan tanishtirildi.

"Kitob–huquqiy bilimlar poydevori, inson qadri esa jamiyatimizning eng yuksak cho‘qqisidir."

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх