📚 Kitobxonlik oiladan boshlanadi!

Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti, TING-2508 guruhi 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi.
🌟 Tadbirda kitobga bo‘lgan muhabbatni shakllantirishda oilaning o‘rni, mutolaa madaniyati va yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
✨ Tadbir davomida:
Talabalar o‘zlarining sevimli asarlari va mutolaa sirlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Kitobxonlikning shaxs kamolotida tutgan o‘rni haqida qiziqarli fikr-mulohazalar yuritildi.
Kutubxona xodimlari tomonidan haftalik doirasida tashkil etilgan yangi kitoblar ko‘rgazmasi tanishtirildi.
Kelajak tarjimonlari bo‘lmish talaba-yoshlar tadbir yakunida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kutubxonaning boy fondi bilan yaqindan tanishdilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх