🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori — “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida “O‘qish soati” tashkil etildi.
📖 Ushbu tadbir davomida kitobxonlar uchun qulay muhit yaratilib, turli janrdagi adabiyotlarni mutolaa qilish imkoniyati taqdim etildi. Ishtirokchilar o‘zlari tanlagan kitoblar asosida o‘qib, fikr almashdilar va kitobxonlikning ahamiyati haqida suhbatlar olib bordilar.
✨ “O‘qish soati” yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ma’naviy-ma’rifiy saviyani yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
📌 Siz ham kitoblar olamiga sho‘ng‘ing va bilim xazinasini boyiting!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)

