📚 KUTUBXONA STATISTIKASIDA FORMULALAR QANDAY HISOBLANADI? 📊

Kutubxonadagi raqamlar ham “gapira oladi”! 🔢📖 Faqat ularni to‘g‘ri formula yordamida hisoblash kerak.
📌 Statistik formulalar orqali quyidagilarni aniqlash mumkin:
📖 O‘rtacha o‘qish — bir kitobxon yiliga o‘rtacha nechta hujjat olganini;
🏛 O‘rtacha qatnov — foydalanuvchi kutubxonaga yil davomida o‘rtacha necha marta kelganini;
🔄 Fond aylanishi — kutubxona fondidan foydalanish darajasini;
👤 Bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan hujjatlar soni;
📈 Rejaning bajarilishi va o‘sish foizi;
📚 Fondning yangilanish darajasi;
👩‍💻 Kutubxonachining ish yuklamasini aniqlash mumkin.
🔹 Masalan:
Agar yil davomida 2 400 ta hujjat berilgan va 200 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa:
2 400 ÷ 200 = 12 ta hujjat
Demak, bir foydalanuvchiga yiliga o‘rtacha 12 ta hujjat to‘g‘ri keladi. 📖✨

🎥 Videoni tomosha qiling va murakkab ko‘ringan statistik formulalarni oson hisoblashni o‘rganing!

Прокрутить вверх