KITOB ODAMGA NIMA BЕRADI?
🔹 Birinchidan, kitob bilim beradi: dunyo haqida, turli mamlakatlarning yashash tarzi, tarixi, geografiyasi, iqtisodi, xalqlarning rasm-rusumlari haqida bir umr xotiradan o‘chmaydigan tasavvurlarni beradi.
🔹 Ikkinchidan, “inson” degan nihoyatda murakkab va ziddiyatli mavjudotning psixologiyasi, ichki dardlari, olamni idrok etishi, yashash uchun kurashi, ulug‘ligi va ojizligi haqida chuqur tasavvur beradi. Bu esa kishini teran fikrlashga o‘rgatadi.
🔹 Uchinchidan, kitob tuyg‘ularni tarbiyalaydi, estetik didni shakllantiradi. Tabiatda dag‘allik yoki shafqatsizlik bo‘lsa — yumshatadi, qalbda ezgulik va olijanoblik yaproqlarining yozilishiga yo‘l ochadi. Ko‘p kitob o‘qigan inson dunyoni boshqacha qimmatda, boshqacha rang va nisbatlarda qabul qiladi.
✍️ Ozod Sharafiddinov
🇺🇿 O‘zbekiston Qahramoni
📖 Kitob — tafakkur kaliti. O‘qing, o‘ylang, yuksaling!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter