📚 MUTOLAA UCHUN TAVSIYA 📖✨

🍅 “ÇIPOLLINOning BOSHIDAN KEÇIRGANLARI”
✍️ Janni Rodari
🌟 Aziz bolajonlar va ota-onalar!
Siz quvnoq, sarguzashtlarga boy va ezgulikka chorlovchi ertak o‘qishga tayyormisiz? Unda italiyalik mashhur yozuvchi Janni Rodarining “Çipollinoning boshidan keçirganlari” asari aynan siz uchun! 📚

🍃 Asar nima haqida?
Bosh qahramon — sho‘x va topqir piyozbola Çipollino. U do‘stlari bilan birgalikda adolatsizlikka qarshi kurashadi, zaif va mazlumlarga yordam beradi. Turli qiziqarli sarguzashtlar davomida Çipollino jasorat, do‘stlik va birdamlikning haqiqiy kuchini namoyon etadi.

💡 Bu ertak bolalarga nimani o‘rgatadi?
🔹 Adolat va haqiqatni qadrlashni;
🔹 Do‘stlarga sodiq bo‘lishni;
🔹 Qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni;
🔹 Zukkolik va topqirlik bilan muammolarni hal etishni;
🔹 Yaxshilik yo‘lida birlashish va boshqalarga yordam berishni.

👨‍👩‍👧‍👦 Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizga kitob o‘qib berishga vaqt ajrating. Ushbu asarni birgalikda mutolaa qiling, qahramonlarning xatti-harakatlarini muhokama qiling va bolangizni o‘z fikrini erkin ifodalashga undang. Zero, bolalikda o‘qilgan yaxshi kitoblar qalbda ezgulik urug‘larini ekadi. ❤️

📖 Kitob mutolaasi — yorqin tasavvur, teran fikr va go‘zal tarbiya sari qadam!
📍 Siz ham ushbu asarni mutolaa qiling va farzandingizga kitob orqali yangi olamlarni kashf etish imkonini bering!
#MutolaaUchunTavsiya #JanniRodari #Çipollino #Kitobxonlik #YakkasaroyTAKM

Прокрутить вверх