📚 MUTOLAA UCHUN TAVSIYA

📖 Shukrullo — “Kafansiz ko‘milganlar”
Inson taqdiri, tarixning og‘riqli sahifalari va qatag‘on yillarining achchiq haqiqatlari aks etgan “Kafansiz ko‘milganlar” asari — o‘quvchini chuqur mushohadaga chorlaydigan ta’sirchan asarlardan biridir.
Asarda xalq boshidan kechirgan og‘ir kunlar, begunoh insonlarning fojeali taqdirlari, ayriliq va iztiroblar qalamga olingan. Muallif tarixiy haqiqatlarni inson qalbidagi kechinmalar bilan uyg‘unlashtirib, o‘tmishni unutmaslikka undaydi.

🕯 “Kafansiz ko‘milganlar” — tarixni anglash, inson qadrini his qilish va o‘tmish saboqlaridan xulosa chiqarish uchun o‘qishga arziydigan asar.

📌 Mutolaa qiling. O‘qing, anglang va tarixni unutmang!

#Mutolaa_uchun_tavsiya #Shukrullo #KafansizKómilganlar #Kitobxonlik #Yakkasaroy_tuman_AKM

Прокрутить вверх