🌷 Bugungi tavsiyamiz — Luiza Xeyning "Ayol donoligi" kitobi.
"Avvalo, bir narsani yodda tuting, sizni takomillashtirishga o‘rgatuvchi barcha o‘qituvchilar bu shunchaki narvonning birinchi pillapoyasidir. Bu so‘zlarim o‘zimga ham taalluqlidir. Chunki men o‘z g‘oyalarim bilan sizlarda shunchaki o‘zingizga ishonch uyg‘otishga intilmoqdaman.
Siz ko‘proq odamlardan o‘rnak olishingiz va ko‘plab kitob o‘qishingiz lozim. Chunki birgina tizim hammasini o‘z ichiga ololmaydi. Hayotni oxirigacha tushunib yetish qiyin, hayot juda murakkab va xilma-xildir.
Siz shu kitob beradigan bilimlardan foydalaning. Kitobni o‘rganib chiqing, vujudingizga singdiring va yana boshqa kitoblarni o‘qing. Va doimo o‘z dunyoqarashingizni kengaytiring."
📖 Mutolaa insonni fikrlashga, o‘z ustida ishlashga va yangi marralarni zabt etishga undaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
