📚 Mutolaa xotira va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi

🧠 Har safar kitob o‘qilganda miyaning faoliyati yanada faollashadi. Olingan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash jarayonida miya yangi neyron aloqalarni shakllantiradi. Bu esa fikrlash, tahlil qilish hamda eslab qolish qobiliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi.
📊 Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muntazam ravishda kitob mutolaa qiladigan insonlarda kognitiv qobiliyatlarning pasayishi boshqalarga nisbatan sekinroq kechadi. Shu sababli mutolaa nafaqat bilim manbai, balki aqliy salomatlikni saqlashning ham muhim omillaridan biridir.

📖 Kitob o‘qing — tafakkuringizni boyiting, xotirangizni mustahkamlang!

#Mutolaa #Kitobxonlik #YakkasaroyAKM #BilimManbai
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх