📚 ODIL YOQUBOV ASARLARI — MA’NAVIYAT XAZINASI

🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Odil Yoqubov asarlari — ma’naviyat xazinasi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📖 Ko‘rgazmadan adibning “Ulug‘bek xazinasi”, “Diyonat”, “Oq qushlar, oppoq qushlar”, “Ko‘hna dunyo” kabi mashhur asarlari hamda boshqa badiiy kitoblar o‘rin oldi.
✨ Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarni adibning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, yosh avlodda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish va milliy adabiyotimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.

📚 Kitob o‘qing, tafakkuringizni boyiting va ma’naviy olamingizni yuksaltiring!

#YakkasaroyTAKM #OdilYoqubov #KitobKo‘rgazmasi #Mutolaa

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх